Keys

25 Muvaffaqiyat hikoyasi — Yagona haqiqat

  • Brend
  • Tashkent Perfect University
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Tashkent Perfect University

Tashkent Perfect University — O‘zbekistondagi xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, mehnat bozorida TOP bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olish va boshqa ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi.

Hozir Ijtimoiy tarmoqlarda yutuqlar va muvaffaqiyatni aslidan ham bo'rttirib ko'rsatish, qisqa muddatda katta natijaga erishdim deyish kabi holatlar tobora ko'paygan. Asl natija, muvaffaqiyat ortida esa har doim avvalo ta’lim, intizom, tajriba va vaqtlar, chinakam mohiyatga ega sabablar bo'lishi esa barchamizga ma'lum. Ijtimoiy tarmoqlarda qisqa muddatda erishdim deb ko'rsatilayotgan yutuqlar-u moddiyatlar bir zumda qo‘lga kiritiladigandek ko‘rsatish, har xil kurslarning avj olib trendga chiqa boshlagach, O'zbekistonda ko‘plab yoshlarning oliy ta’lim — universitetda o'qish tanlovi keskin tushishini kuzatish mumkin (2026-yil miqyosida bu 46-50% gacha kamayish ko'rsatilgan) va ''universitet kerak emas, 4 yil vaqt bunga arziydimi, o'qish kerakmas'' kabi munosabatlar ham ko'paydi.

Tashkent Perfect University bunda ta’lim, siyosat, sport, biznes, shou-biznes va shu kabi 25 nafar o'z sohasining taniqli vakillarini aynan o'z tajribalarini bo'lishishlari uchun ham birlashtirdi. Ular universitetni to‘g‘ridan to‘g‘ri targ‘ib qilish emas, har soha vakili o‘z muvaffaqiyatlari ortidan turgan asl hikoyalarini, ko‘pchilik ko‘rmaydigan tajriba yo‘llarini hikoya qilib bo'lishdilar.

25 nafar insonlar. 25 yo'nalishdagi kasblar. 25 xil qarashlar. Bitta haqiqat: O‘qish kerak!

Muammo

Hozir yoshlar qisqa muddatli natijalar, mashhurlik, yutuqlar-u tez keladigan daromad, moddiyatga e'tibor-qiziqishlari yuqori. Ijtimoiy tarmoqlar esa soniyada joylangan natijalari bilan ularni jalb qilib, qisqa muddatl tanlovlarga, har xil kurslarga jalb qilishi ortmoqda, va bunga misol qilib O'zbekistonda ko‘plab yoshlarning oliy ta’lim — universitetda o'qish tanlovi keskin tushishini kuzatishimiz mumkin (2026-yil miqyosida qarasak, bu ko'rsatkich 46-50% gacha kamaygani e'lon qilindi) va tabiiyki bu holatda ''universitet kerak emas, 4 yil vaqt bunga arziydimi, o'qish kerakmas'' kabi munosabatlar ham aynan yoshlar tomonidan ko'paydi.

Tashkent Perfect University esa bunga: har bir sohaning o'z egalarini taklif qilib haqiqiy muvaffaqiyat nimadan boshlanishini, ularning asl hikoyalari bilan yoshlarga ochiqlab berishni maqsad qildi.

Yechim

Tashkent Perfect University bunda: ta’lim, siyosat, sport, biznes, shou-biznes va boshqa 25 nafar taniqli soha vakillari, mutaxassislarini jamlab, ularning asl hikoya-haqiqatlarini o'z hayotlaridan kelib chiqib, boricha-ochiqchasiga yoshlar bilan bo'lishishni taklif etdi:

* Natijalar ortidagi uzoq muddatli sohaviy ta’lim;
* Yutuqlar ortidagi qat'iy intizom, tajriba;
* Har bir erishilgan narsa ortidagi dastlabki muvaffaqiyatsizliklar; 
* Natija yo'lidagi yo'qotilgan yillar...

Har bir soha egasining hikoyasini bitta oddiy haqiqat birlashtirdi: "Siz shu kungacha faqat mening natijam-muvaffaqiyatimni ko‘rdingiz, endi esa unga qanday yetib kelganimni boricha aytib beraman''

25 nafar insonlar. 25 yo'nalishdagi kasblar. 25 xil qarashlar. Bitta haqiqat ularni hammasini bog'ladi: O‘qish kerak!

Natijalar

Loyiha umumiy auditoriyasi 34,4 milliondan ortiq bo‘lgan 25 nafar taniqli shaxsni birlashtirdi, auditoriyalariga kirib bordi, hamda: 

* 1,2 milliondan ortiq video ko‘rishlar soni;
* abituriyentlardan kelib tushgan arizalar sonining 33 foizga oshishi;
* qabul bo‘yicha murojaatlar sonining 45 foizga ko‘payishi va juda yuqori iliqlik bilan ''O'qish kerak'' ligining qanchalar muhimligini 25 xil fikrlardan baravar qabul qilishdi...

Eng muhimi, jamoatchilikka tanish, sohasining chinakam egalari yoshlar ta’lim targ‘ibotchilariga aylanib, ularga bu qarorni ongli ravishda qabul qilib, 4 yilni samarali-natijali o'tkazish, va doim nima bo'lganda ham — "O‘qish kerak!" ligini asl hikoyalari bilan to'g'ri yetkaza oldilar. O'qish kerak!

PDFni ko'rish