Keys

Sizning ishonchingiz — bizning mas'uliyatimiz

  • Brend
  • Tashkent Perfect University
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Tashkent Perfect University

Tashkent Perfect University — O‘zbekistondagi xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, mehnat bozori talablariga javob bera oluvchi bakalavriat dasturlari va boshqa ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi.

O‘zbekistonda universitet tanlash kamdan-kam hollarda faqat bir kishining qarori bo‘ladi. Har bir abituriyent ortida farzandining kelajagini kimga ishonib topshirishni o'ylab, hal qilayotgan oila, yaqinlar, ota-ona turadi. Xususiy va davlat universitetlari diplomlari bir xil ya'ni qonunan teng kuchga ega bo'lishiga qaramasdan, ko‘plab ota-onalar xususiy universitetlarga hozirgacha ikkilanish bilan qaraydi. Tashkent Perfect University ana shu stereotiplarni o'zgartirish va uni jamoatchilik oldidagi ishonchga aylantirishni maqsad qildi.

Jamiyatdagi olti nafar kasb egalarini: ya'ni farzandi, oila a'zolari universitet tanlash arafasida turgan o‘zbek oilalarining qaror qabul qilishda ro'l o'ynovchi uydagi ''kattalar'' (ota, ona, aka, opa kabi) kichiklarga an’anaviy tarzda bildiradigan ezgu tilak-duolarini ifoda etuvchi so'zlarini yagona xabarda birlashdi: ''Umid o'g'lim, sendan umidim katta", ''Nargis qizim, o'rgatgan har bir harfing olimlarni yetishtirsin'', ''Farhod ukam, hisobing ham martabang ham doim baland bo'lsin'' kabi va aynan shu uyadgilar-yaqinlarning qadriyat murojatlarini birlashtirish bilan birga, ularga kompaniya yondashuvi javobini ham ifoda etdi: ''Sizning ishonchingiz — bizning mas’uliyatimiz".

Bu yondashuvlar abituriyentlar va ularning oilalariga televideniye, tashqi reklama, metro bekatlari, aeroport, avtobuslar, Korzinka savdo nuqtalaridagi ekranlar va raqamli platformalar orqali yetkazildi.

Muammo

O‘zbekistonda xususiy universitetga arizani bir abituriyent topshirishi mumkin, ammo uning ortidagi qarorni ko‘pincha butun oila va undagi yaqinlar birgalikda qabul qiladi.

Jamiyatimizda bu holat "o‘zbekchilik" tushunchasining bir qismi, ya'ni qadriyat hisoblanadi. Bu — ota-onalar, oila a'zolari farzandining qayerda o‘qishidan tortib, kim bilan turmush qurishigacha bo‘lgan muhim hayotiy qarorlarda faol ishtirok etadigan madaniy an’ana deb ayta olamiz.

Muammo, xususiy va davlat universitetlari diplomlari qonuniy jihatdan teng tan olinishiga qaramay, ko‘plab ota-onalar xususiy universitetlarga hali ham ikkilanib so'nggi tanlov sifatida qarashlarida edi. Shu sababli Tashkent Perfect University nafaqat abituriyentlarning qiziqishini uyg‘otishi, balki ularning qarori ortida turgan oilalar ishonchini ham qozonishi kerak edi.

Yechim

Tashkent Perfect University kompaniya g‘oyasini o‘zbek oilalariga yaxshi tanish bo‘lgan qadriyat-an’analari asosida qurdi: muhim hayotiy qaror oldidan kattalar farzandlari, yaqinlariga ezgu tilak va duolarini bildiradi.

Jamiyatdagi olti nafar kasb egalarini: ya'ni farzandi, oila a'zolari universitet tanlash arafasida turgan o‘zbek oilalarining qaror qabul qilishda ro'l o'ynovchi ''kattalari'' ishtirokida ana shunday samimiy tilaklarni aks ettirib: ''Umid o'g'lim, sendan umidim katta", ''Nargis qizim, o'rgatgan har bir harfing olimlarni yetishtirsin'', ''Farhod ukam, hisobing ham martabang ham doim baland bo'lsin'' va bunga hamohang tarzda bularning barchasiga Tashkent Perfect Universityning yondashuvi, missiyasini javoban ifodaladi: "Sizning ishonchingiz — bizning mas’uliyatimiz".

Bu televideniye, tashqi reklama, metro bekatlari, aeroportlar, avtobuslar, Korzinka supermarketidagi barcha ovozli ekranlar va raqamli platformalar orqali keng auditoriyaga yetkazildi.

Natijalar

Kampaniya umumiy hisobda, barcha platformalarda 7,7 milliondan ortiq video ko‘rishlar soni va 4,9 million qayd etilgan foydalanuvchilar faollashuvi (activeness), reaksiyalari (reaction), ulashishlar(repost)ga erishdi, hamda:

* abituriyentlardan kelib tushgan arizalar soni 32 foizga oshdi;
* qabul bo‘yicha murojaatlar soni 45 foizga ko‘paydi.

Va eng muhimi, Ota-onalar qiziqishining birdan ortishi esa Tashkent Perfect University'ning ota-onalar uchun maxsus qabul xonalarini tashkil etish kabi yangi tashabbuslarni amalda ochib berdi. Bu yerda ular ta’lim jarayoni, diplomning tan olinishi va bitiruvchilarning kelajakdagi imkoniyatlari haqida o'zlarini ikkilantirgan barcha savollariga batafsil ma’lumot olishlari uchun barcha mutaxassislar ta'minlandi. 

Kompaniya oilalar ishonchini stereotip muammodan aniq va o‘lchanadigan kommunikatsion harakatga aylantirdi. Perfect'ni tanlovchilarning ishonchini mas'uliyat darajasida qabul qilishini o'z shioridan amaliyotida ko'rsata oldi.

PDFni ko'rish