Keys

Avval kalom, bad'az taom

  • Brend
  • Beshqozon
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Beshqozon – birinchi osh markazlari tarmog‘i
Beshqozon – O‘zbekistondagi eng yirik osh markazlari tarmoqlaridan biri. Mehmonlarimizning 90 foizdan ortig‘i musulmonlardir. Ramazon oyida millionlab insonlar tongdan quyosh botguniga qadar ro‘za tutadi. Taom brendi sifatida digital kommunikatsiyamiz ushbu muhim davrga hurmat bilan yondashishini istadik.

Muammo

Ramazon oyida ijtimoiy tarmoq algoritmlari ro‘za vaqtida ham taom reklamalarini ko‘rsatishda davom etardi. Ular avval joylangan taom videolarini ham istalgan paytda tavsiya qilishi mumkin edi. Biz o‘z marketingimiz mehmonlarimizning ro‘za tutishini qiyinlashtirishi mumkinligini angladik.

Yechim

Biz algoritmlarni o‘zgartira olmadik, shuning uchun o‘z marketingimizni o‘zgartirdik. Har bir yangi taom videosi: “Agar ro‘za tutayotgan bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yuboring”, degan ogohlantirish bilan boshlandi. Algoritmlar Ramazon oyida eski taom videolarini tavsiya qilmasligi uchun ularni vaqtincha arxivladik. Shuningdek, ro‘za vaqtida barcha digital taom reklamalarini to‘xtatib, ularni faqat iftordan keyin ishga tushirdik.

Natijalar

Qamrovdan oldin hurmatni tanlaganimiz natijasida kampaniya 1 milliondan ortiq ko‘rish, odatdagidan 15 barobar ko‘proq ko‘rish, 10 barobar ko‘proq layk, 10 000 yangi obunachi va 1 000 dan ortiq ijobiy izoh olib keldi. Kampaniya Beshqozonga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi va boshqa brendlarni ham shu kabi yondashuvdan foydalanishga ilhomlantirdi.
PDFni ko'rish