O‘zbekistonda qizlarning sport bilan shug‘ullanishiga bo‘lgan munosabat asta-sekin o‘zgarib bormoqda, ammo ko‘plab stereotiplar hali ham saqlanib qolgan. Qizlar tobora ko‘proq sport bilan shug‘ullanishni, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishni va faol hayot tarzini olib borishni xohlashadi, biroq ayrim sport turlari ularga shunchaki “yarashmaydi” degan fikrga tez-tez duch kelishadi. Kotex qizlarni qo‘llab-quvvatlash va sportni ular uchun yanada ochiq, tabiiy va qulay qilishga qaror qildi — stereotiplar va cheklovlarsiz.
Muammo
O‘zbekistonda sport qizlar uchun emas, degan stereotip hali ham mavjud. “Yarashmaydi” degan so‘z ko‘pincha taqiq sifatida emas, balki oila va atrofdagilarning odatiy maslahati sifatida aytiladi. Shu sababli ko‘plab qizlar sportga birinchi qadamni ham tashlamaydi. Bugungi kunda mamlakatdagi ayollarning atigi 4,5 foizi muntazam sport bilan shug‘ullanadi. Kotex uchun bu qarashni o‘zgartirishga yordam berish va “Sport qiz bolaga yarashadi” degan fikrni ko‘rsatish muhim edi.
Yechim
Biz faqat bitta rolik bilan cheklanib qolmay, qizlarga sportga birinchi qadam tashlashga yordam beradigan kampaniya yaratishga qaror qildik. Kampaniya yuzi O‘zbekiston tarixidagi dzyudo bo‘yicha ilk ayol Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova bo‘ldi. U bilan birgalikda “Sport qiz bolaga yarashadi” manifestini, Kotex Telegram-botida bepul uy mashg‘ulotlarini va hududlarda oflayn treninglarni yo‘lga qo‘ydik. Shu tariqa kampaniya g‘oyasini qizlar uchun sport bilan shug‘ullanishni boshlashga yordam beradigan real imkoniyatlarga aylantirdik.