Keys
AVO bank. Imkoniyatlar hozir va shu yerda
- Brend
- AVO bank
- Reklama qilingan mahsulot
- Onlayn mikroqarz
Muammo
«Keyin» — Oʻzbekistondagi eng qimmat soʻz. Niyat qilingan mamlakatni koʻrish — keyin. Uy-joyni taʼmirlash va xohlaganday jihozlash — keyin. Orzudagi mototsiklni sotib olish — keyin. Butun oilani bir dasturxon atrofida jamlash — keyin. Dengizni koʻrish — keyin. Oʻrtacha bir oila umrining [X] yilini «keyin» rejimida oʻtkazadi — pul yigʻadi, munosib fursatni kutadi, orqaga suradi. Vaqtni esa hech kim qaytarib bera olmaydi.Yechim
From later to now. AVO — kutishni talab qilmaydigan bank. Biz inson “keyinroq” degunicha umr qanday o‘tib ketishini ko‘rsatdik. Rolik qahramoni “keyin qilaman” deydi-yu, kadrda o‘n yilliklar o‘tib ketadi: umrining yarmi ortda qolgan, atrofda hamon o‘sha yalang‘och devorlar. So‘ngra hamma yoqda vaqt tezlashib: blogerlar efirga keksayib chiqishdi, reklama bannerlaridan esa umrining eng yaxshi yillarini kutish bilan o‘tkazgan odamlar qarab turardi.Natijalar
OOH: 40 milliondan ortiq brend kontaktlari yaratildi
Kampaniya davomida AVO bank ilovasi 2,36 million marta o‘rnatildi
CAC 60% ga kamaytirilib, mijozlarni jalb qilish samaradorligi oshirildi
