Keys

25 yillik tarixga ega yo'l

  • Brend
  • Kapitalbank
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Bank tarixi
2026-yilda Kapitalbank O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligini nishonladi. Chorak asr davomida bank o‘z mijozlari va hamkorlari bilan birgalikda o‘zgarishlar, o‘sish va yangi imkoniyatlarga boy katta yo‘lni bosib o‘tdi. Ilk qadamlar va dadil qarorlardan tortib, ulkan yutuqlar, ijtimoiy tashabbuslar hamda raqamli kelajak sari odimladi. Ushbu yubiley bosib o‘tilgan yo‘lga nazar tashlash hamda bankning rivojlanishi bilan birga uning roli qanday o‘zgarganini — moliyaviy hamkordan tortib, insonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, jamiyatni rivojlantiradigan va oldinga intilishga yordam beradigan kompaniyaga aylanganini ko‘rsatish uchun ajoyib fursat bo‘ldi.

Muammo

Rivojlanishning asosiy bosqichlarini yoritish orqali bosib o‘tilgan yo‘l ko‘lami va Kapitalbank’ning chorak asr davomidagi transformatsiyasini aks ettiradigan bankning 25 yilligiga bag'ishlangan imidj video rolikini yaratish. Faqat yutuqlarni sanab o‘tishgina emas, balki ushbu yo‘lning hissiyotlarga boy ahamiyatini ham yetkazish muhim edi: odamlar, texnologiyalar, imkoniyatlar va jamiyat bank bilan hamnafas tarzda qanday rivojlanib borganini ko‘rsatish hamda ishonch, davomiylik va kelajakka intilish tuyg‘usini shakllantirish shular jumlasidandir.

Yechim

Biz Kapitalbank'ning 25 yillik tarixini oldinga intilish haqidagi yagona hikoyaga aylantirgan imidj rolikini yaratdik. Yutuqlarni rasmiy tarzda sanab o'tish o'rniga, hikoyamizni bir sayohat tarzida — ilk qadamlar va muhim voqealardan tortib bugungi kundagi yirik ijtimoiy, xayriya va raqamli tashabbuslargacha bo'lgan yo'l sifatida so'zlab berdik. Arxiv materiallari va zamonaviy kadrlarni uyg'unlashtirgan holda, o'tmish va kelajakni bog'ladik hamda o'tgan yillardagi tajriba, qarorlar va yutuqlar bank kelajagini qanday shakllantirayotganini ko'rsatib berdik. Rolikning bosh qahramoni shunchaki bank emas, balki odamlar bilan birga bosib o'tgan yo'limiz bo'ldi.

Natijalar

Rolik Kapitalbankning 25 yillik yo'lining hissiyotlarga boy sarhisobiga aylandi va bu hikoyani keng auditoriyaga yetkazish imkonini berdi. Bankning raqamli-kanallarida o'zbek va rus tillaridagi ikki xil variantda joylashtirish va targ'ib qilish doirasida rolik allaqachon 530 mingdan ortiq ko'rishlar sonini va qariyb 500 ming qamrovni qayd etdi. Postlar jonli auditoriyaning e'tirofiga sazovor bo'ldi — foydalanuvchilar kontent bilan faol munosabatga kirishib, reaksiya va izohlar qoldirdilar, rolikni ulashdilar va saqlab qo'ydilar.