Keys

Oila uchun qurilgan biznes, lekin oilaga vaqt qoldirmaydi

  • Brend
  • iBox
  • Reklama qilingan mahsulot
  • iBox — chakana, ulgurji va ko‘p do‘konli bizneslar uchun savdo avtomatizatsiya platformasi. Tizim biznes egasiga ombor, savdo, kassa, hisobot va asosiy jarayonlarni bitta joyda nazorat qilishga yordam beradi.
O‘zbekistonda ko‘p biznes egalari biznesni faqat o‘zi uchun qurmaydi. Biznes ko‘pincha oila, ota-ona, farzandlar va kelajak uchun quriladi. Lekin aynan shu biznes egani yaqinlaridan uzoqlashtirib, ularga ajratmoqchi bo‘lgan vaqtini olib qo‘yadi. 2026-yilda iBox turli savdo bizneslari uchun yangi tarif matritsasini ishga tushirdi. Kommunikatsiya chakana, ulgurji va ko‘p do‘konli biznes egalari uchun avtomatizatsiyani yaqinroq va dolzarbroq ko‘rsatishi kerak edi. Shu sabab jamoa faqat ombor, hisobot va nazorat haqida emas, balki biznes egasi har kuni yo‘qotayotgan vaqt haqida gapirishni tanladi.

Muammo

Vazifa tanish madaniy haqiqatni biznes xabariga aylantirish edi. Ko‘p biznes egalari uchun biznes — bu oila oldidagi mas’uliyat. Lekin real hayotda kassa, hisobot va ombor ko‘pincha egaga aynan u ishlayotgan insonlari bilan vaqt o‘tkazishga imkon bermaydi. Avtomatizatsiya haqidagi odatiy xabarlar mahsulot foydasini tushuntiradi, lekin juda texnik eshitiladi. Biz avtomatizatsiya faqat hisobot va nazorat emas, balki biznes egasining ishdan tashqaridagi vaqtini himoya qilish usuli ekanini ko‘rsatishimiz kerak edi.

Yechim

Kampaniya bitta savol atrofida qurildi: “Biznes egasi dam olish kunini qanday o‘tkazadi?” Bu savol tanish ziddiyatni ochdi: biznes egasi oila, ota-ona, farzandlar, do‘stlar bilan vaqt o‘tkazishni yoki rivojlanish haqida o‘ylashni xohlaydi, lekin biznes uni yana kundalik operatsion ishlarga qaytaradi. Uchta rolik uch xil real holatni ko‘rsatdi. Chakana biznes egasi do‘stlar, choyxona va futbolga vaqt ajratmoqchi bo‘ladi, lekin kassani hisoblashga qaytadi. Do‘konlar tarmog‘i egasi ota-onasi va farzandlari bilan bo‘lishni xohlaydi, lekin hisobotlarga qaytadi. Ulgurji biznes egasi sayohat va rivojlanishni xohlaydi, lekin ombor nazoratiga qaytadi. Har bir rolikda oddiy ramziy predmet ishlatildi: koptok, bolalar o‘yinchog‘i yoki qaychi. Bu predmetlar biznes egasi qayerda bo‘lishni xohlaganini, biznes esa uni yana ishga qaytarganini ko‘rsatdi.

Natijalar

Kampaniya Q2 activation window davomida 5 milliondan ortiq qamrovga erishdi va Meta, sayt hamda Telegram orqali 1 000 dan ortiq lead yig‘di. Leadlarning 32 foizi SQL qoidalari bo‘yicha kvalifikatsiyadan o‘tdi. Kampaniya 100 ta yangi pullik obuna va kamida 300 ta pullik foydalanuvchiga olib keldi. Bu obunalar oyiga taxminan 50 million so‘m to‘lov shakllantirdi. Mijozning o‘rtacha 13 oylik hayot sikli hisobida bu 650 million so‘m potensial mijoz qiymatiga teng. Asosiy natija: cultural insight shunchaki yumshoq brand story bo‘lib qolmadi. U biznes egalariga o‘zini muammo ichida ko‘rishga, ariza qoldirishga va pullik obuna haqida savdo suhbatiga kirishga yordam berdi.
PDFni ko'rish