2026-yilda iBox chakana, ulgurji va ko‘p do‘konli bizneslar uchun yangi tarif matritsasini ishga tushirdi. Yangi tariflardan keyin Q2 vazifasi aniq edi: 100 ta yangi pullik obuna va kamida 300 ta pullik foydalanuvchiga erishish. Kampaniyaning umumiy byudjeti 15 000 dollar bo‘ldi: 10 000 dollar production uchun, 5 000 dollar media uchun. Savdo avtomatizatsiyasi kabi B2B kategoriyada bu byudjet media bosimi bilan yutish uchun yetarli emas edi. Shu sabab kampaniya g‘oya, aniq kanal yo‘li va sales intizomi orqali nomutanosib katta biznes natija yaratishi kerak edi.
Muammo
Asosiy vazifa cheklangan byudjetni o‘lchanadigan biznes natijaga aylantirish edi. Kampaniya faqat qamrov yoki lead yig‘ish bilan cheklanmasligi kerak edi. U auditoriyani SQL, sales pipeline va pullik obunagacha olib borishi kerak edi. Muammo shunda ediki, avtomatizatsiya haqidagi odatiy xabarlar — ombor, hisobot, dashboard va nazorat — mahsulotni tushuntiradi, lekin biznes egasida harakatga shoshilish hissini har doim ham yaratmaydi. Kichik media byudjet bilan iBox tez tushuniladigan, egani ariza qoldirishga undaydigan va sales jamoasiga obunaga aylantirishda yordam beradigan shaxsiyroq insight topishi kerak edi.
Yechim
Kampaniya bitta insight atrofida qurildi: biznes egalari faqat pul yoki nazoratni emas, o‘z vaqtini ham yo‘qotmoqda. Kreativ g‘oya bitta savol berdi: “Biznes egasi dam olish kunini qanday o‘tkazadi?” Uchta rolik uch xil real biznes holatini ko‘rsatdi: chakana biznes egasi kassani hisoblashga qaytadi, do‘konlar tarmog‘i egasi hisobotlarga qaytadi, ulgurji biznes egasi esa ombor nazoratiga qaytadi. Biz byudjet bilan yutmadik. Kampaniyaning har bir qismi kuchliroq ishlashiga erishdik. Paid va social video muammoni tanitdi, biznes auditoriyasidagi repostlar g‘oyaning kengroq tarqalishiga yordam berdi, sayt va Meta formalar talabni yig‘di, Telegram foydali biznes kontent orqali qiziqqan egalarni isitdi, SQL qoidalari relevant leadlarni ajratdi, SDRlar ularni saraladi, Account Managerlar esa pullik obunaga aylantirdi.
Natijalar
Umumiy 15 000 dollar byudjet bilan kampaniya Q2 activation window davomida 5 milliondan ortiq qamrovga erishdi va Meta, sayt hamda Telegram orqali 1 000 dan ortiq lead yig‘di. Leadlarning 32 foizi SQL qoidalari bo‘yicha kvalifikatsiyadan o‘tdi. Kampaniya 100 ta yangi pullik obuna va kamida 300 ta pullik foydalanuvchiga olib keldi. Bu obunalar oyiga taxminan 50 million so‘m to‘lov shakllantirdi. Mijozning o‘rtacha 13 oylik hayot sikli hisobida bu 650 million so‘m potensial mijoz qiymatiga teng. Asosiy natija: cheklangan byudjet nomutanosib katta biznes effekt yaratdi. iBox media bosimi bilan yutmadi. Kampaniya g‘oya, funnel intizomi va marketing-to-sales bog‘liqligi orqali yutdi.