iBox allaqachon biznes egalari bilan ombor, kassa, hisobot va nazorat haqida gapiradi. Lekin keyingi brand bosqichi uchun avtomatizatsiya haqida o‘ylashga majbur qiladigan yangi va shaxsiyroq sabab kerak edi. Konsept biznes egaligining yashirin tomonini ochadi: ega hamma narsani o‘zi ko‘tarib yursa, bosim faqat operatsion jarayonlarda qolmaydi. U uyqu, energiya, tashqi ko‘rinish va umumiy holatda ham sezila boshlaydi.
Muammo
Vazifa avtomatizatsiya uchun kutilmagan, lekin tushunarli argument topish edi — faqat pul va nazorat haqida emas, balki biznes egasining o‘zi haqida. ERP va avtomatizatsiya kategoriyasi ko‘pincha sovuq eshitiladi: ombor, hisobot, dashboard, foyda. Biz tez e’tibor tortadigan, lekin real biznes muammosidan uzilmaydigan konsept yaratishimiz kerak edi.
Yechim
Konsept wellness, beauty va dorixona kommunikatsiyasi tilidan foydalanadi, keyin simptom ortidagi biznes sababni ochadi. Ko‘z ostidagi qorayish — ehtimol, ega har kuni biznes kunini o‘zi yopayotgandir. Bel yoki bo‘yin og‘rig‘i — ehtimol, u hali ham ombor nazorati va kundalik operatsion ishlarni yolg‘iz ko‘tarayotgandir. Soch to‘kilishi — ehtimol, biznes bitta odamga haddan tashqari bog‘liqdir. iBox sog‘liq muammolarini davolashni va’da qilmaydi. Konsept biznesni tizimlashtirish egaga har kuni tushayotgan operatsion bosimni kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Natijalar
Bu realizatsiya qilinmagan konsept, shuning uchun natija g‘oya potensiali orqali baholanadi. Konsept allaqachon tizim sifatida ishlab chiqilgan: OOH posterlar, qisqa videolar, social content va lead qualification logikasiga ega landing page. Potensial effekt — iBox’ga yangi esda qoladigan argument berish: avtomatizatsiya faqat foyda va nazorat uchun emas, balki biznes egasiga butun biznesni yolg‘iz ko‘tarmaslikka yordam berish uchun ham kerak.