Keys

Hammasi oddiy! Musiqiy!

  • Brend
  • Uzum Avto
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Uzum Avto
O‘zbekistonda avtomobil bozori o‘nlab yillardan beri o‘z qoidalari asosida yashab keladi. Erkaklar mashina sotadi va sotib oladi, narxini kelishadi, hujjatlarni tekshiradi, tanishlari va mashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilardan maslahat oladi. Bu jarayon kundalik hayot madaniyatining bir qismiga aylanib ulgurgan va hozirgacha asosan oflayn tarzda davom etadi. Ammo mamlakat rivojlanishi bilan iste’molchi tajribasi ham o‘zgarib bormoqda. Kundalik hayotimizdagi ko‘plab tanish jarayonlar onlaynga ko‘chmoqda - avtomobil sotib olish jarayoni ham yangi ssenariyni izlay boshladi.

Muammo

Uzum Auto bozorga avtomobilni onlayn sotish va sotib olishning yangi usuli sifatida chiqdi. Bizga nafaqat servis imkoniyatlarini tushuntirish, balki yangi mahsulotni allaqachon shakllangan avtomobil madaniyatiga tezda singdirish kerak edi. Shu bilan birga, bu kategoriya uzoq yillardan beri bir xil tildan foydalanib keladi: jiddiy erkaklar, muskullar, savdolashish va an’anaviy avtobozor. Biz bu obraz bilan raqobatlashishga emas, balki uni qayta talqin qilishga qaror qildik. Va avtomobil sotib olishning yangi ssenariysini auditoriyaga allaqachon tanish bo‘lgan madaniy kod orqali ko‘rsatish yo‘lini topdik.

Yechim

Biz “Erkaklar manifesti”ni yaratdik - avtobozor endi avvalgidek emasligi haqidai hazilomuz musiqiy. O‘zbekistonda erkaklar raqsga tushishni yaxshi ko‘rishadi. Lekin odatda buni o‘ziga mumkin bo`lgan joylarda qilishadi: to‘yda, bayramlarda yoki katta oilaviy tadbirlarda. Ko‘chada esa hammasi boshqacha - bu yerda erkak jiddiy, vazmin va maksimal darajada ishchan bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz hech kim kutmagan ishni qildik: avtobozordagii sotuvchilarni mashinalar orasida qo‘shiq aytib, raqsga tushirdik. Bosh qahramon sifatida o‘zbek komediyasining kult darajasidagi vakili Shukurullo Isroilovni tanladik. Xalqona uslubda kuylangan oddiy va takrorlanuvchi “Moshin sot. Moshin sotib ol” jingli esa kommunikatsiyaning musiqiy asosiga aylandi. Biz uni ataylab qisqa, sodda va takrorlanuvchi qildik - toki auditoriya ongiga mahkam o‘rnashib qolsin. Shunday qilib, hammaga tanish erkaklar avtobozori musiqiyga aylandi. Oflayndan digitalga o‘tish jarayonini esa qo‘shiq, raqs, yumor va auditoriyaga tanish bo‘lgan madaniy kod orqali hikoya qildik.

Natijalar

Kampaniya ishga tushganiga atigi bir oy bo‘ldi, ammo asosiy ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi: installar +120%, DAU +95%, WAU +60%, barcha foydalanuvchilar +116%, yangi foydalanuvchilar +109%, qaytgan foydalanuvchilar +135%, qo‘ng‘iroqlar +150%, e’lon kartalariga bosishlar +170%, avtokreditga qiziqish +176%, listinglar +192%. Kampaniyaning ta’siri auditoriya reaksiyasida ham yaqqol ko‘rindi. Foydalanuvchilar reklama “miyasiga yopishib qolganini”, uni hamma joyda ko‘rayotganini va jingle’ni o‘zlari ham takrorlay boshlaganini yozishdi. P.S. Kampaniya chiqqanidan bir hafta o‘tib, Shukurullo Isroilov Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa uni orden bilan taqdirlab, uning ijodini doim eslab kelganini ta’kidladi. Tasodifmi? Biz unday deb o‘ylamaymiz.