Keys

SHOVQIN QIMMAT TURMAYDI / YANDEX JCH-2026 UCHUN

  • Brend
  • Yandex
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Yandex - foydalanuvchilar uchun raqamli servislar va yechimlar.
JCH-2026 atrofidagi kampaniyada Yandex katta reklama va prodakshn xarajatlarisiz maksimal qamrovga erishishni maqsad qildi. Budjetni oshirish o‘rniga tabiiy kontent va mahalliy kreyatorlar kuchiga tayanildi.

Muammo

Asosiy vazifa katta qamrov katta budjet talab qilmasligini isbotlash edi. Har bir sarflangan dollar maksimal natija berishi kerak edi.

Yechim

15 ta mahalliy kreyator o‘z auditoriyasiga tabiiy ko‘rinadigan va organik tarqalishi mumkin bo‘lgan kontent yaratdi. Umumiy budjet atigi $1 200, ya’ni har bir kreyator uchun $80 ni tashkil etdi.

Natijalar

$1 200 → 3,6+ mln ko‘rish → har $1 ga 3 000+ ko‘rish → 6,5% engagement rate → 31 175 ta yuborish va repost. Kampaniya katta shovqin katta budjet talab qilmasligini isbotladi.