CAU — O‘zbekistondagi xususiy universitet. 2025-yilda universitet 2025–2026 o‘quv yili uchun talabalarni qabul qildi. Universitetga kirish qarori talabalar va ularning ota-onalari tomonidan birgalikda qabul qilinadi va kelajakdagi ta’lim hamda karyera yo‘lini tanlash bilan bog‘liq.
Muammo
Yuqori raqobatli bozorda universitetga cheklangan vaqt ichida qabulni yakunlash va boshqa takliflar orasida ajralib turish zarur edi. Vazifa — talabalar va ota-onalar uchun CAUni tanlashni mazmunli qiladigan kuchli emotsional yo‘nalishni topish va abituriyentlarni jalb qilish samaradorligini oshirish edi.
Yechim
Biz auditoriya o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida quyidagi insightni aniqladik: universitetga kirish shunchaki ta’limdagi navbatdagi qadam emas, balki talabaning kelajakdagi hayotini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan lahza. Shu insight asosida “A Moment That Changes Everything” g‘oyasini yaratdik. Asosiy kreativ yechim “You got in” xabariga qurildi. Bu xabar yangi bosqichning boshlanishini anglatadi: yangi insonlar, yangi tajribalar, imkoniyatlar va kelajak. Ushbu mexanikani Hero Film orqali hayotga tatbiq etdik, so‘ngra yagona g‘oyani saqlagan holda Digital, Influencer va TV kanallariga moslashtirdik.
Natijalar
Kampaniya o‘tgan yilga nisbatan asosiy ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishni ta’minladi: lead generation 80% ga, kvalifikatsiyalangan leadlar 47% ga, konversiya esa 35% ga oshdi. Natijada, qabul bo‘yicha maqsad 100% bajarildi va kampaniyaning voronka bosqichlaridagi samaradorligi tasdiqlandi.