2026–2027 o‘quv yili arafasida Invento the Uzbek International School ota-onalarga zamonaviy ta’lim faqat akademik bilimlardan iborat emasligini, balki ularni amalda qo‘llay olish ham muhimligini ko‘rsatishi kerak edi. Vazifa ushbu qadriyatni aniq va emotsional tarzda yetkazish hamda Invento yondashuvini maktab ta’limi haqidagi an’anaviy qarashlardan ajratib ko‘rsatishdan iborat edi.
Muammo
Ota-onalarga farzandi maktabda qaysi fanlar va bilimlarni o‘rganishi haqidagi ma’lumotning o‘zi yetarli emas. Ular bu bilimlar real hayotda qanchalik foydali bo‘lishini tushunishni xohlashadi. Kampaniyaning vazifasi Invento ta’limining amaliy qiymatini ko‘rsatish va bolalar bu yerda shunchaki o‘rganibgina qolmay, olgan bilimlarini amalda qo‘llashi, yaratishi va bugunning o‘zida harakat qilishi mumkinligini namoyish etish edi.
Yechim
Biz quyidagi insightni aniqladik: ota-onalar uchun farzandining nafaqat nimani o‘rganishi, balki bu bilimlarni real hayotda qo‘llay olishi ham muhim. Shu insight asosida “We Are Inventors” g‘oyasini yaratdik. G‘oyani reklama roligi orqali hayotga tatbiq etdik. Unda har bir harakat bilimning amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatadi: ingliz tili taqdimotga, kimyo tajribaga, sport musobaqaga, VR tadqiqotga, robototexnika esa yaratishga aylanadi. Rolik ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilindi, kampaniyaning key visual’lari esa shahar bo‘ylab LED ekranlarda joylashtirildi. Shu tariqa bitta g‘oya digital va tashqi reklama kanallarida birgalikda ishladi.
Natijalar
Kampaniya o‘tgan yilga nisbatan asosiy ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishni ta’minladi: lead generation 60% ga, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 40% ga, kvalifikatsiyalangan leadlar esa 25% ga oshdi. Natijada, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul to‘liq yopildi.