Keys

Bir dasturxon atrofida

  • Brend
  • Yandex Go Taomlar
  • Reklama qilingan mahsulot
  • Yandex Go Taomlar
Anʼanalar deganda koʻpincha oʻtmish koʻz oldimizga keladi: ular qadimiy, mazmunga boy va goʻyo muzey eksponatidek qabul qilinadi. Aslida esa anʼanalar shisha vitrinalar ortida saqlanadigan buyumlar emas. Ular odamlar hayotida – ular soʻzlab beradigan hikoyalarda, takrorlaydigan udumlarda va birga tanovul qiladigan taomlarda yashaydi.

Muammo

Yandex Go Taomlarda biz anʼanalar shunchaki oʻtmishdan qolgan meros emasligini koʻrsatishni niyat qildik. Biz ularni birga yaratamiz va keyingi avlod uchun qordiramiz.

Yechim

Biz odamlarning oilaviy anʼanalari haqidagi hikoyalarini keyingi avlodlarga yetkazish imkonini beruvchi “Bir dasturxon atrofida” loyihasini yaratdik. Loyihaning vizual tili sifatida anʼanaviy Shahrisabz kulolchiligini tanladik va har bir insonning oilaviy anʼanasi haqidagi hikoyasini noyob sopol naqshga aylantiradigan sunʼiy intellekt vositasini yaratdik. Loyiha davomida https://zastolom.uz maqsadli sahifamizda har biri haqiqiy oila hikoyasiga asoslangan 2800 dan ortiq noyob naqsh yaratildi. Raqamli hikoyalarni real buyumga aylantirish uchun kulollar sulolasining yettinchi avlodi vakili boʻlgan oʻzbek kuloli Rustam Muzaffarov bilan hamkorlik qildik. Birgalikda bir dasturxon atrofida jam boʻlgan uch avlod – oʻtmish, bugungi kun va kelajakni ifodalovchi uchta kosadan iborat toʻplam yaratdik. Kelajak timsoli boʻlgan kosani Rustam asrlar davomida shakllangan hunarmandchilik anʼanalari va zamonaviy texnologiyalar bir buyumda uygʻunlashtirgan holda sunʼiy intellekt bilan birga yaratdi. Oilaviy anʼanalari bilan oʻrtoqlashganlar ushbu noyob kosalar toʻplamini yutib olish imkoniyatiga ega boʻlishdi va ularning hikoyalari yangi anʼananing bir qismiga aylandi. Targʻibot Loyihani ekrandan real hayotga olib chiqish uchun Taras Shevchenko koʻchasiga ulkan sopol kosa oʻrnatdik va uni atigi bir necha kun ichida 33 000 kishi koʻrdi. Rustam Muzafarov bilan birgalikda Gozar ijod makonida kosa bezash boʻyicha amaliy mahorat darsi ham oʻtkazdik. Unda ishtirokchilar anʼana bilan yaqindan tanishibgina qolmay, balki uni yaratish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniga ega boʻldilar. Loyiha milliy telekanallar hamda UZ News, Spot, Afisha, Bugungi Gap va UZB MDK kabi yetakchi Oʻzbekiston OAVlarida keng yoritildi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar e’tiboriga ham tushdi.

Natijalar

Loyiha 31 mln dan ortiq marta koʻrildi va mahalliy bozorda Yandex Go Taomlar uchun aniq oʻsish koʻrsatkichlarini berdi: +19% MAU +6% buyurtmalar +8 punkt NPS Ammo eng katta natija faqat yaratilgan naqshlar yoki loyiha qamrab olgan odamlar sonidan iborat boʻlmadi. Biz anʼanalar oʻz qadrini saqlashi uchun oʻtmishda qolib ketishi shart emasligini koʻrsatdik. Chunki anʼanalar shunchaki bizga meros boʻlib qoladigan narsa emas. Biz ularni birgalikda yaratamiz. Anʼanalar – bu insonlardir.