Keys

ROZMETOV - GO'SHTDAN QILINGAN

  • Brend
  • TASHKENT
  • Reklama qilingan mahsulot
  • KOLBASA
O‘zbekistonda qayta ishlangan go‘sht mahsulotlariga nisbatan ishonch unchalik yuqori emas: kolbasa haqiqatan ham qadoqda yozilgan mahsulotlardan tayyorlanganiga ko‘pchilik to‘liq ishonmaydi. Mahalliy go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi ROZMETOV bu shubhaga atigi ikki so‘z bilan javob beradi — «Go‘shtdan qilingan». Rolikning vazifasi esa bu so‘zlarni shunday ko‘rsatish ediki, ularga qarshi bahslashishning iloji qolmasin.

Muammo

Go‘sht mahsulotlari toifasida ishonch muammosi bor: iste’molchilar kolbasa haqiqatan ham go‘shtdan tayyorlanganiga va uning tarkibi qadoqda yozilgan ma’lumotlarga mos kelishiga har doim ham ishonmaydi. ROZMETOV uchun shunchaki “Go‘shtdan qilingan” deb aytish emas, balki mahsulot sifatini vizual tarzda isbotlash va bu fikrni odamlar chin dildan ishonadigan xabarga aylantirish muhim edi.

Yechim

Biz rolikni Yevropada xalqaro prodakshen jamoasi bilan suratga olishga va RROZMETOVning “Go‘shtdan qilingan” g‘oyasini so‘zma-so‘z jonlantirishga qaror qildik. Shu tariqa haqiqiy go‘shtdan tog‘lar, tuzdan qor, buloq suvidan daryolar va ziravorlardan cho‘llar yaratdik. Barchasi CGI’siz, haqiqiy ingredientlardan foydalanib suratga olindi, shunda har bir kadr asosiy fikrni isbotladi: ROZMETOV haqiqatan ham “Go‘shtdan qilingan”.