Nail Muratov
SEED Almaty Kreativ direktori
Qozogʻiston
Nail Muratov SEED Almaty agentligining Kreativ direktori hisoblanadi. SEED Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi agentliklar reytingida 2-o‘rinni egallaydi, JolBors va White Square festivallari talqiniga ko‘ra "Yil agentligi" deb e'tirof etilgan, AdBlackSea festivalining Top-3 agentligi qatoriga kiradi hamda Yevropaning Golden Drum festivali reytingida Top-10 mustaqil agentliklar safidan joy olgan.
Nail reklama sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. U LG, Mars, PepsiCo, Nivea, KFC, Carlsberg, Visa, Unilever kabi xalqaro brendlar, shuningdek Qozog‘istonning yetakchi mahalliy kompaniyalari bilan ishlagan.
Uning portfelida 50 dan ortiq xalqaro mukofotlar mavjud. Jumladan, Clio Awards, Epica Awards, MAD STARS, The One Show (Shortlist), Spikes Asia, AdBlackSea, KIAF, Golden Drum, White Square, JolBors, E+ Awards va Young Lions Kazakhstan festivallaridagi sovrinlar.
Nail MAD STARS, KIAF, White Square, Baku Flames, Young Lions Kazakhstan, Young Spikes Central Asia va TAF! xalqaro festivallarida hakamlar hay'ati a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.
