Nurlan Satarov
Creative Service Group Director / Creative Director, Cheil Worldwide Kazakhstan
Qozog‘iston
Nurlan Satarov — Cheil Worldwide Kazakhstan kompaniyasining Creative Service Group Director va Creative Directori. U kreativ, dizayn, brand experience va retail kommunikatsiyalari yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq mutaxassislar jamoasiga rahbarlik qiladi. Jamoasi bilan birgalikda Samsung Electronics Central Eurasia va boshqa xalqaro brendlar uchun integratsiyalashgan reklama kampaniyalarini ishlab chiqib, global kreativ yondashuvni mahalliy bozorlar xususiyatlari bilan uyg‘unlashtiradi.
Nurlan 20 yildan ortiq professional tajribaga ega bo‘lib, shundan 15 yildan ortig‘i reklama industriyasida, jumladan 12 yili Cheil Kazakhstan kompaniyasida faoliyat yuritgan. Bu davr mobaynida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston bozorlariga mo‘ljallangan kreativ loyihalarga rahbarlik qilgan.
U Spikes Asia, Golden Drum, White Square, Lisbon Advertising Festival, Mad Stars, AdForum PHNX, Young Lions va boshqa nufuzli xalqaro reklama festivallarida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Nurlan boshchiligidagi loyihalar 130 dan ortiq milliy va xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Epica, Golden Drum, Mad Stars, Clio Health, White Square, Red Apple, KIAF, Cannes Lions National Diploma va Best of Central Asia mukofotlari mavjud.
Faoliyati davomida u Samsung, Lexus, Toyota, Mars, KFC, Hardee's, Costa Coffee, Krispy Kreme, Henkel, Nissan, Absolut, IQOS, Shinhan Bank va boshqa ko‘plab xalqaro brendlar bilan ishlagan.
Reklama sohasiga kirishidan avval Nurlan nashriyot, VFX va post-prodakshn yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u kompyuter fanlari bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lib, zamonaviy kommunikatsiyalarda texnologiya va kreativ yondashuvni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirib kelmoqda.
