Mariya Konstansa Santakrus Gaytan
Independiente agentligining kreativ direktori
Kolumbiya
Mariya Konstansa Santakrus Gaytan reklama sohasida 14 yildan ortiq tajribaga ega kreativ direktor. Faoliyati davomida u Lotin Amerikasi bo‘ylab mahalliy, mintaqaviy va xalqaro brendlar uchun strategiya, kreativ, digital, social, aktivatsiyalar, innovatsiyalar va brand experience yo‘nalishlarini birlashtirgan integratsiyalashgan kampaniyalarni yaratib, biznes natijalariga erishishga hissa qo‘shgan.
Uning ishlari Cannes Lions, The One Show, Clio Awards, D&AD, LIA, El Ojo de Iberoamérica, Effie LATAM, Effie Colombia, El Dorado va The Drum Awards kabi nufuzli xalqaro festivallarda e’tirof etilgan. Faoliyati davomida u 5 ta Cannes Lions mukofoti (2 ta Gold, 1 ta Silver va 2 ta Bronze), shuningdek, ko‘plab Grand Prix, Gold, Silver va Bronze mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
U El Ojo de Iberoamérica, Antigua Festival, PHNX Awards hamda Young Lions Central Asia xalqaro festivallarida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. Uning ekspertizasi kreativlik, strategik yondashuv, ijro sifati, innovatsiya, samaradorlik va madaniy moslikni baholashni qamrab oladi.
Shuningdek, u See It Be It LATAM dasturiga tanlangan Lotin Amerikasining 12 nafar eng istiqbolli kreativ mutaxassislaridan biri bo‘lgan hamda DDB Phyllis Project: Creative Pioneers global liderlik dasturi ishtirokchisidir.
Bundan tashqari, u Inside Out Madridda kreativ yo‘nalishida dars berib, yosh mutaxassislarga brendlar, biznes va jamiyat uchun qiymat yaratadigan g‘oyalarni rivojlantirishda yordam beradi.
Hozirda u mustaqil Creative Director sifatida agentliklar va brendlar bilan hamkorlik qilmoqda hamda yaqin kunlarda Havas Colombia kompaniyasida Creative Director lavozimiga kirishadi. Bu yerda u xalqaro darajadagi kreativ loyihalarni yaratish va ko‘p tarmoqli jamoalarga rahbarlik qilishni davom ettiradi.
