Ekaterina Arakelova
Sherin Group Brand Manager
O'zbekiston
Ekaterina Arakelova — brend menejmenti va brend strategiyasi sohasida 15 yildan ortiq, reklama ishlab chiqarishini boshqarish yo‘nalishida esa 20 yildan ortiq tajribaga ega marketing va brending mutaxassisi.
U 70 dan ortiq televizion reklama roliklari va 300 dan ziyod reklama loyihalarini boshqargan va nazorat qilgan.
Faoliyati davomida Ekaterina McCann Erickson kompaniyasida BDD sifatida faoliyat yuritib, Nestlé, Coca-Cola va Carlsberg kabi yirik mijozlar bilan ishlagan. Shuningdek, Comnet ISP kompaniyasida marketing rahbari va The Matter agentligida CSD lavozimlarida ishlab, Ucell va PepsiCo loyihalarini boshqargan.
Hozirda u O‘zbekistondagi go‘sht mahsulotlari bozorining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Sherinda Group Brand Manager lavozimida faoliyat yuritadi. 2026-yilda Sherin go‘sht mahsulotlari toifasida “Yil brendi” deb e’tirof etilgan.
