Mixail Lelikov
Spiker haqida:
Mixail Lelikov 20 yildan ortiq tajribaga ega brending bo‘yicha ekspert hisoblanadi. U Opencore brending agentligining egasi va kreativ direktori, Rossiyadagi eng yirik professional brending hamjamiyati We Branding asoschisi hamda brending agentliklari mijozlari uchun yaratilgan eng yirik rus tilidagi YouTube kanali "Lemon Branding" muallifidir.
Uning ekspertizasi iste'molchi tadqiqotlari va brend strategiyasini ishlab chiqishdan tortib, brendning to‘liq verbal va vizual identifikatsiyasini yaratishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Faoliyati davomida PepsiCo, L'Oréal, Alfa-Bank, Avito, Rosatom, Inter RAO, Capital Group, HeadHunter, Acronis, Medsi va boshqa ko‘plab yirik xalqaro hamda Rossiya kompaniyalari bilan ishlagan.
Mixail Silver Mercury festivalining hakamlar hay'ati a'zosi va raisi, Oliy Brending Maktabi hakamlar hay'ati a'zosi va spikeri, Yandex Practicum hamda xalqaro MADS kreativ maktabining lektori, shuningdek marketing va brending bo‘yicha yirik forumlarning doimiy spikeri hisoblanadi.
Uning rahbarligida Opencore agentligi har yili Silver Mercury festivali sovrindorlari qatoridan joy oladi. 2025-yilda agentlik Rossiyada yangi brendlarni yaratish bo‘yicha №1 agentlik deb e'tirof etildi hamda Sostav milliy reytingiga ko‘ra Rossiyaning Top-15 brending agentliklari qatoriga kirdi.
