Gabit Manapov
Spiker haqida:
Gabit Manapov raqamli marketing sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, xalqaro va mahalliy agentliklarda faoliyat yuritgan. U Niderlandiyaning Marketing Instituti (NIMA) huzuridagi Moskva Marketing Akademiyasi (MAED)ning sertifikatlangan Digital Marketing Director mutaxassisi hisoblanadi.
U farmatsevtika, FMCG, telekommunikatsiya, moliya sektori, avtomobil sanoati, gambling hamda dark market kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi xalqaro brendlar uchun raqamli strategiyalarni ishlab chiqqan va muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Uning professional tajribasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari va Buyuk Britaniya bozorlarini qamrab oladi.
