Ali Qahhorov
Spiker haqida:
Ali Qahhorov — PR, GR, digital-marketing va media prodyuserligi sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert. U media, kommunikatsiyalar va brendlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan. Faoliyati davomida Citizen.uz va Repost nashrlarida muharrir sifatida ishlagan.
U Xay Mayli Generate prodyuserlik markazi hammuassisi va Sahna Stand Up kommunikatsiyalar direktori hisoblanadi. Uning rahbarligida biznes, davlat tashkilotlari va jamoatchilik tashabbuslari uchun o‘nlab media loyihalar va kommunikatsion kampaniyalar amalga oshirilgan.
Ali Yuzma-yuz, Xuddi Shunday, Parda Podcast, Sigma Podcast, tanga.uz, BUSOQQA va boshqa loyihalarda hammuallif prodyuser sifatida ishtirok etgan. U yaratgan va boshqargan media loyihalarning umumiy auditoriyasi 10 milliondan ortiq obunachini tashkil etadi, umumiy ko‘rishlar soni esa 5 milliarddan oshadi.
Uning ekspertizasi strategik kommunikatsiyalar, krizis PR, GR, media prodyuserligi va raqamli mediani rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
