Denis Roman
Spiker haqida:
Denis Roman We Digital agentligining CEO va hammuassisi hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki bosqichida u The Tower kompaniyasida Marketing kommunikatsiyalari bo‘limi rahbari lavozimida ishlagan. U yerda chakana savdo, ko‘chmas mulk va moda sohalaridagi brendlar uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqib, integratsiyalashgan marketing kampaniyalariga rahbarlik qilgan.
Bugungi kunda Denis We Digital agentligiga rahbarlik qiladi. Agentlik AdAsia 2022 reytingiga ko‘ra Markaziy Osiyoning №1 Digital va SMM agentligi, shuningdek O‘zbekiston Marketing uyushmasining 2023-yil Agentliklar reytingi bo‘yicha Digital yo‘nalishida yetakchi agentlik deb e'tirof etilgan.
Denis, shuningdek, Alpha Education maktabida spiker va mentor sifatida faoliyat yuritadi. U 300 nafardan ortiq talabani marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha tayyorlagan hamda digital marketing mavzusida 120 dan ortiq ma'ruza o‘qigan.
U White Square, E+ Awards Central Asia, TAF! va Young Lions Georgia kabi nufuzli xalqaro festivallarda hakamlar hay'ati a'zosi sifatida ham faoliyat olib borgan.
