Madina Ruzmatova
Spiker haqida:
Madina Ruzmatova 13 yildan ortiq tajribaga ega kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassis. U tadbirkor, biznes uchun mustaqil PR maslahatchisi hamda shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha ekspert hisoblanadi.
Madina Markaziy Osiyodagi ilk PR maktabi asoschisi bo‘lib, strategik kommunikatsiyalar, reputatsiyani boshqarish va brendlarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashib keladi.
Uning portfelida Beeline, Les Ailes, Magnum (Qozog‘iston), Oson, Coca-Cola kabi yirik brendlar, shuningdek UNESCO, Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) kabi xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan loyihalar mavjud.
