Shahriyor Azimov (Kon)
Spiker haqida:
Shahriyor Azimov (Kon) SFERA MEDIA digital marketing agentligi rahbari bo‘lib, agentlikni 7 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Faoliyati davomida u Domino's Pizza, Les Ailes, Chopar, MGIMO, British Management University (BMU), Chortoq, Hilton, Marriott, Uklon, Korzinka va boshqa ko‘plab yetakchi brendlar hamda tashkilotlar uchun marketing loyihalarini amalga oshirgan.
Shuningdek, u ta'lim sohasida ham katta tajribaga ega bo‘lib, Inter House, CANA, AIST, Integra, East Star, Tashkent Tech va Makline kabi ta'lim muassasalari bilan ishlagan.
Tashkent Marketing Forum doirasida Shahriyor "Nima uchun kreativlik zamonaviy marketologning eng muhim ko‘nikmasi?" mavzusida ma'ruza qiladi. U o‘z chiqishida san'at va ijodiy mashg‘ulotlar marketingdagi professional natijalarga qanday ta'sir qilishini, tasviriy san'at rang bilan ishlash va dizayn tafakkurini, musiqa montaj va kontent yaratishni, yozuvchilik esa storytelling, brend kommunikatsiyasi va kuchli marketing g‘oyalarini yaratishni qanday rivojlantirishini amaliy misollar orqali ko‘rsatib beradi.
