Farrux Sharif

Spiker haqida:

Farrux Sharif Markaziy Osiyoning yetakchi mustaqil reklama agentliklaridan biri bo‘lgan Synthesis agentligining kreativ direktori hisoblanadi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida strategiya, kreativ va madaniyat chorrahasida faoliyat yuritib, 800 dan ortiq loyihani amalga oshirgan hamda 100 dan ortiq mintaqaviy va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ular qatoriga Red Jolbors, TAF!, White Square, KIAF, Ad Black Sea, E+ Awards, Epica Awards va Pentawards kiradi.

Shuningdek, u TAF!, White Square, E+ Awards, MAD STARS va PHNX Awards kabi nufuzli xalqaro reklama festivallarida hakamlar hay'ati a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Ortga qaytish
Farrux Sharif