Guzal Gapilova
Spiker haqida:
Guzal Gapilova strategik marketing va brendlarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert bo‘lib, marketing va biznes boshqaruvi sohasida 9 yildan ortiq tajribaga ega. U Marketing yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro MBA darajasiga ega.
Uning professional faoliyati ta'lim sohasida — MDIST va UDEA universitetlarida boshlangan bo‘lib, u yerda xalqaro sanoat forumlari va konferensiyalarni tashkil etish hamda ta'lim dasturlarini ilgari surish bilan shug‘ullangan.
Asosiy faoliyatidan tashqari, Guzal marketing hamjamiyatini rivojlantirishda ham faol ishtirok etadi. U Team Universityda amaliy seminarlar o‘tkazadi, Centbed kabi professional hamjamiyatlar uchun yopiq master-klasslar tashkil qiladi hamda Cubic, Marketing Shanbalik, Make Sales va Tashkent Marketing Forum kabi sohaviy tadbirlarda muntazam spiker sifatida ishtirok etadi.
Uning rahbarligi ostida iTV oddiy video platformadan to‘liq media ekotizimiga aylandi. Bugungi kunda u original kontent ishlab chiqarish, dubbing studiyasi, telekanallar, kontent distribusiyasi va yirik media loyihalarni o‘z ichiga oladi.
So‘nggi bir yil ichida:
iTV ilovasi 2,5 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan yuklab olindi;
foydalanuvchilar faolligi 44,7% ga oshdi;
marketing jamoasi 250 dan ortiq marketing kampaniyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
2025-yilning eng yirik loyihalari:
iTV Davoxona / New Medicine kreativ kampaniyasi MAU ko‘rsatkichini 33% dan ortiq oshirdi hamda xalqaro reklama festivallarida TAF! 2025da 1 ta Gold va 2 ta Bronze, Jolbors festivalida esa Bronze mukofotiga sazovor bo‘ldi.
iTV Originals doirasida yaratilgan "Aybsiz" seriali platformada 750 mingdan ortiq, YouTube'dagi dastlabki qismlari esa 2 milliondan ortiq tomosha yig‘di.
iTV Media Football Cup — O‘zbekistondagi ilk professional media-futbol turniri bo‘lib, 2 milliondan ortiq onlayn tomosha va final uchrashuvida 3 mingdan ortiq tomoshabinni jamladi.
Yil yakunlariga ko‘ra, iTV brendi Brand of the Year, Engagement of the Year (TMF), TAF! festivalida 1 ta Gold va 2 ta Bronze, shuningdek Jolbors Bronze mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Guzal O‘zbekiston Marketing uyushmasi bilan hamkorlik qilib, mamlakatda professional marketing hamjamiyatini rivojlantirish va zamonaviy marketing sanoatini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
